“O‘ZBEKISTON STATISTIKA AXBOROTNOMASI” elektron jurnalida maqola chop ettirish talablari
Mualliflar uchun eslatma: Ushbu elektron jurnal 08.00.00-Iqtisodiyot fanlari sohasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi tomonidan tasdiqlangan jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan.
Ilmiy maqolalarni qabul qilish va nashr ettirish:
Maqolalar tahririyatga bevosita murojaat etish (71/202-81-86), elektron pochta (uzstatThis email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.) ҳамда ijtimoiy tarmoq orqali yuborish yo‘li bilan qabul qilinadi (98/774-09-98).
Maqolalar o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tilida qabul qilinadi.
Tahririyat tomonidan muallifning elektron “WORD” variantdagi maqolasi qabul qilinadi.
Qabul qilingan materiallarni chop etish muddatlari:
Elektron jurnalning davriy xarakter kasb etishini inobatga olgan holda o‘rtacha 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan davr mobaynida maqola chop etiladi.
Tahririyatga topshiriladigan materiallarga belgilangan talablar:
1. ANNOTATSIYA/ABSTRACT qismi 100 tagacha so‘zdan iborat bo‘lishi kerak hamda namuna bo‘yicha tillar bo‘yicha qismlarga ajratilishi lozim.
2. Ilmiy maqolalarning hajmi 3500-4000 so‘zdan (jurnal talabi bo‘yicha maqolada kamida 10 bet, shuningdek, diagramma, rasm, jadval va tahliliy maʼlumotlar keltirilishi lozim) iborat bo‘lishi kerak.
3. Maqolaning asosida matnning kamida 70-80 foiz muallifning shaxsiy izlanishlari natijasiga asoslanishi lozim (topshirilgan maqolalar “Antiplagiat” tizimi yordamida tekshiriladi. Talabga javob bermaydigan maqola qabul qilinmaydi).
4. Maqolaning matni, formula va jadvallarni Microsoft Word dasturidan foydalanib tayyorlash kerak.
5. Windows asosidagi matn dasturi redaktorining parametrlari: 2 sm dan standart hoshiyalar qolishi kerak;
- shrift Times New Roman, kegel – 14;·
- satrlar orasidagi interval – 1 sm;·
- matnni kengligi bo‘yicha tekislash;·
- abzas 1 sm;·
- sahifani tanlash uchun oriyentatsiya – kitob sahifasi;·
MS Word dasturi yordamida ishlangan rasmlar qabul qilinmaydi. Barcha rasmlar va jadvallar nomerlanishi, nomlanishi hamda manbasi ko‘rsatilishi shart.
Ilmiy maqolaning tuzilishiga qo‘yiladigan talablar:
1. Maqola mavzusiga qarab UDK raqami qo‘yilishi lozim. Mualliflar UDKni quyidagi internet saytidan olishlari mumkin (udc.online).
2. Maqolaning nomi 12 so‘zdan oshmasligi kerak.
3. Maqola muallif(lar)i ismi-sharifi, ilmiy unvoni, darajasi, taʼlim muassassi(tashkilot)ning nomi, karporativ pochtasi manzili
(namuna: This email address is being protected from spambots. You need JavaScript enabled to view it.), иш жойи, egallab turgan lavozimi, ish joyi manzili (qisqartmalar ishlatilmasin!). Mualliflar bir nechta bo‘lsa ularning har biri haqida to‘liq maʼlumotlar berilishi shart.
4. Material matni tuzilishi jihatidan Kirish, Mavzuga oid adabiyotlar tahlili, Tadqiqot metodologiyasi, Tahlil va natijalar, Xulosa va takliflarga ajratilishi, har bir bo‘limi uchun sarlavhalar berilishi kerak.
5. Elektron jurnal ruknlari:
1. Tarmoq va sohalar;
2. Makroiqtisodiyot;
3. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik;
4. Monetar va fiskal siyosat;
5. Innovatsiyalar va investitsiya;
6. Demografik o‘zgarishlar;
7. Statistik modellashtirish va prognozlash;
8. Mehnat resurslarining migratsiyasi;
9. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot;
10. Xalqaro statistik qiyosiy taqqoslashlar;
11. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy holati;
12. Rasmiy statistik ma'lumotlar.
Quyida keltirilgan misolga eʼtibor bering:
UDK raqami |
ANNOTATSIYA/ABSTRACT. (100 tagacha so‘z) |
Kalit so'zlar: /Ключевие слова: /Keywords: (20 tagacha so‘z) |
Ilmiy maqolalarning hajmi 3500-4000 so‘zdan iborat bo‘lsin. |
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR/ИСПОЛЬЗОВАННАЯ ЛИТЕРАТУРА/REFERENCES: |