QOG‘OZNI TEJASH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISH
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI
22.07.2010 y. N 155
RESPUBLIKADA QOG‘OZNI TEJASH VA UNDAN OQILONA FOYDALANISHGA DOIR QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Vazirlar Mahkamasining "O‘zbekiston Respublikasida qog‘ozni tejash va undan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 1999 yil 7 iyundagi 291-son qarorida va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yana-da rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida" 2005 yil 8 iyundagi PQ-117-son qarorida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar keyingi yillarda qog‘ozning yozuv, gazeta va ofset turlaridan yana-da oqilona foydalanish va ularni tejashni taʼminladi.
Qog‘oz mahsulotlarini tender asosida xarid qilish tizimi va sotib olish xarajatlarini kamaytirish takomillashmoqda, qog‘ozning, avvalo yozuv va nusxa ko‘paytirish uchun ishlatiladigan turlarini hisobga olish hamda ularning sarflanishi ustidan nazorat kuchaytirildi. Keyingi uch yilda davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari apparatlarida qog‘oz sarfi yiliga 10 foizdan 40 foizgacha qisqardi.Boshqaruv tizimini takomillashtirish, mahalliy va tarmoqlararo vazifalarni tezkor hal etish, shuningdek qog‘oz sarfini qisqartirish maqsadida kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, elektron hujjat aylanishi, axborot tizimlari izchil surʼatlarda joriy etilmoqda, davlat va idoraviy interaktiv xizmat ko‘rsatish turlari tarmog‘i rivojlanmoqda. Kompyuter texnikasi bilan jihozlash darajasi davlat qo‘mitalarida - 61,0 foizni, vazirliklarda - 81,0, hokimliklarda - 91,0 foizni tashkil etadi. Respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining yarmida qog‘oz sarfini ancha kamaytirish imkonini bergan lokal tarmoqlar va elektron hujjat aylanishi tizimi faoliyat ko‘rsatmoqda.
Nashriyot-matbaa faoliyati, shuningdek ommaviy axborot vositalari sohasida qog‘ozning gazeta va ofset turlarini tejash va ulardan oqilona foydalanishga doir kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi. O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi, “Sharq” kompaniyasi va boshqa matbaa korxonalari tomonidan o‘z mablag‘lari hisobiga modernizatsiya qilish va bosma mahsulotlarni ishlab chiqarishning zamonaviy texnologiyalarini joriy etish taʼminlanmoqda. Kitob chiqarish va davriy nashrlarni chop etishning barcha bosqichlarida qog‘oz sarfini qatʼiy tartibga solish va texnologik xarajatlarni qisqartirish imkonini bergan standartlar kompleksi ishlab chiqildi va joriy etildi.Shu bilan birga, “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasida, “O‘zbekengilsanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida, “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasida, “O‘zavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasida, Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarida, shuningdek boshqaruvning boshqa organlarida ishlarning ahvolini o‘rganish yozuv va nusxa ko‘paytirish uchun ishlatiladigan qog‘ozni sarflashla zarur tartib o‘rnatish, ushbu maqsadlar uchun ajratilayotgan byudjet mablag‘lari va byudjetdan tashqari mablag‘larni maqbullashtirish, hujjatlar aylanishini qisqartirish qog‘oz mahsulotlaridan tejab foydalanishda xodimlarga talabchanlikni kuchaytirish bo‘yicha kamchiliklarni bartaraf etish zarurligini ko‘rsatdi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda respublikada qog‘ozdan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish, ushbu maqsadlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va tizimlarini joriy etish samaradorligini oshirish, shuningdek boshqaruv va ijro etuvchi apparatlar faoliyatini maqbullashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar amalga oshirilishi uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi- 2011 yilda boshqaruv organlarining maʼmuriy-boshqaruv xodimlarini kompyuter texnikasi bilan taʼminlashni yakunlashni nazarda tutgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yana-da rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish, qog‘oz yozishmalarini, eng avvalo ichki idoraviy qog‘oz yozishmalarini tegishli ravishda qisqartirgan holda elektron hujjat aylanishini kengaytirish parametrlarini qayta ko‘rib chiqish va 2011-2015 yillar uchun yangi maqsadli parametrlarni belgilash, lokal va korporativ kompyuter tarmoqlarini, shuningdek boshqa axborot tizimlarini joriy etish;
- boshqaruv organlari va ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari hamda mutaxassislarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish borasidagi malakasi va ko‘nikmalari darajasini oshirish, ularni davriy attestatsiyadan o‘tkazishni joriy etish;- maktablarning ayrim sinflarida darsliklar va o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish muddatlarini uzaytirishni nazarda tutgan holda ularni yangilash va nashr etish davriyligini maqbullashtirish;
- respublikaning mahalliy qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalari va ishlab chiqarishlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ularda resurslar va energiyani tejash texnologiyalarini joriy etish, mahsulotlar hajmini ko‘paytirish va nomenklaturasini kengaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;- yilning har choragida - Qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksi bo‘limlari bajarilishining borishi va amaliy natijalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
4. Vazirlar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvi boshqa organlarining raislari, xo‘jalik birlashmalari rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari 10 kun muddatda ushbu qaror talablari va tasdiqlangan Qo‘shimcha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish bo‘yicha amaliy tadbirlar dasturini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.