|
|
Shadiyev Xamid AzimovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor
|
Iqtisod fanlari doktori, professor Shadiyev Xamid Azimovich 1951-yilda tug‘ilgan, maʼlumoti – oliy, 1972-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ni “Statistika” mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 1972-yilda Samarqand kooperativ institutida “Statistika” kafedrasining assistenti lavozimida boshlab, ushbu oliy taʼlim muassasasida katta o‘qituvchi, dotsent, kafedra mudiri, dekan muovini, fakultet dekani lavozimlarida ishlagan. 1976-1978-yillarda Lvov savdo-iqtisod institutining aspiranturasida tahsil olib, 1979-yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1990-1992-yillarda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining “Statistika” kafedrasi doktoranti sifatida o‘z ilmiy-tadqiqot faoliyatini davom ettirgan va 1992-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1999-yildan boshlab Toshkent moliya instituti professori, “Statistika” kafedrasi mudiri lavozimlarida ishlagan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati davomida X.Shadiyev ekonometrika va statistika sohasida 200 dan ortiq darslik, monografiya, risola va maqolalar chop etgan.
Shadiyev Xamid Azimovich ilmiy rahbarligida 12 nafar fan nomzodi, PhD va 3 nafar fan doktori muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Bugungi kunda Toshkent moliya instituti, Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida doktorantlarga ilmiy maslahatchi va ilmiy rahbarlik qilib kelmoqda.

