|
|
Toshmatov Zoyir XudayberganovichIqtisodiyot fanlari doktori, professor
|
Iqtisodiyot fanlari doktori, professor Toshmatov Zoyir Xudayberganovich 1949-yilda tug‘ilgan, maʼlumoti – oliy, 1973-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini imtiyozli diplom bilan tamomlagan, mutaxassisligi – iqtisodchi matematik. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Mehnat faoliyatini 1973-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Statistika” kafedrasida katta o‘qituvchisi lavozimidan boshlagan. 1993-2004-yillarda Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tizimida turli rahbar lavozimlarida faoliyat olib borgan.
Zoyir Xudayberganovich Toshmatov AQSH, Shveysariya, Buyuk Britaniya, Litva, Latviya, Turkiya Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston va Tojikiston davlatlarida xalqaro ilmiy seminar va konferensiyalarda faol ishtirok etgan.
Ekonometrika va statistika sohasida 10 dan ortiq darslik, monografiya, o‘quv qo‘llanma va 110 dan ortiq ilmiy maqolalar va tezislar chop etgan. 2 nafar fan nomzodlari (PhD) dissertatsiya ishlariga, 80 dan ortiq magistrlik va bitiruv malakaviy ishlariga ilmiy rahbarlik qilgan.
Bugungi kunda Toshkent moliya instituti “Statistika va ekonometrika” kafedrasida professor lavozimida ishlab kelmoqda

