|
|
Ataniyazov BoltaboyIqtisodiyot fanlari doktori, professor |
Ataniyazov Baltabay 1948-yilda tug‘ilgan. 1970-yilda A.Navoiy nomidagi Samarqand davlat universitetining mexanika-matematika fakultetini matematika mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. 1978-yilda sobiq SSSR FA Markaziy iqtisod-matematika institutida “Suvdan oqilona foydalanish muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 1994-yilda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutida “Ekologik-iqtisod tizimlarini boshqarish (O‘zbekiston sug‘oriladigan dehqonchiligi misolida)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ataniyazov Baltabay 2002-yildan 08.00.06 – "Iqtisodiyot va statistika" ixtisosligi bo‘yicha professor ilmiy unvonini olgan. Ilmiy-pedagogik faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Kibernetika institutida katta laborant, injener lavozimida, 1979-yildan boshlab esa Toshkent xalq xo‘jaligi institutida katta o‘qituvchi, dotsent, professor, kafedra mudiri lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. U 1998-2015-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazida bosh ekspert sifatida ishlagan.
Uning ilmiy izlanishlari murakkab ekologik-iqtisod tizimlarini matematik modellashtirish, suvdan oqilona foydalanish, qishloq xo‘jaligida foydalanadigan suv va yer resurslarini ilmiy tadqiq etishga bag‘ishlangan. Olingan natijalar “Paxta kompleksini rivojlantirish dasturining asosiy yo‘nalishlari”, “Paxta kompleks dasturini ishlab chiqish va joriy etishning metodik yo‘nalishlari” hamda “Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish” dasturlarida joriy etilgan.
Ilmiy-pedagogik faoliyatida 3 ta monografiya, 50 ta ilmiy maqola, 1 ta darslik va qator uslubiy ishlar nashr etgan.
Ataniyazov Baltabay 3 nafar fan nomzodi tayyorlagan.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash ishida faol ishtirok etib kelmoqda.Ataniyazov Baltabay 2005-2010, 2014-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi ekspert kengashi aʼzosi sifatida faoliyat yuritgan.
Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida ishlab kelmoqda.

