|
|
Abdullayev Yorqin AbdullayevichIqtisodiyot fanlari doktori, professor.O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi.Oliy taʼlim aʼlochisi. |
Professor Abdullayev Yorqin Abdullayevich “Statistika” yo‘nalishida o‘zining ilmiy maktabini yaratgan yetakchi iqtisodchi olim hisoblanadi. U 5 nafar fan doktori va 17 nafar fan nomzodini tayyorlab, respublikamizda ilmiy- pedagogik kadrlarni tayyorlashga o‘zining munosib hissasini qo‘shib kelmoqda.
Professor Y. Abdullayev tomonidan statistika muammolari bo‘yicha 5 ta monografiya, 7 ta darslik, 50 dan ziyod o‘quv va o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar, ilmiy maqolalar chop etilgan. Uning rahbarligida 1 nafar aspirant, bir nafar magistrant, 2 nafar bakalavr Prezident stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. U qator turkum kitoblar muallifi.
Xususan, “Bozor iqtisodiyoti asoslar” ga bag‘ishlab “100 savolga 100 javob” dan iborat 20 ga yaqin ilmiy – ommabop kitoblar, memuar janriga xos “Fidoiy kishilar hayotidan” nomli 10 ga yaqin risola shuningdek “Osuda yashashning 99” siri nomli maʼnaviy – maʼrifiy turkum kitoblar shular jumlasidandir.
Ushbu turkum kitoblar Respublikamizda milliy iqtisodchi kadrlarni tayyorlashda, yoshlarimiz tafakkurini umumbashariy va milliy qadriyatlarimiz asosida kamol toptirishga ulkan hissa qo‘shib kelmoqda.

