
|
|
Xaydarov Nizamiddin XamrayevichIqtisodiyot fanlari doktori, professor. |
Xaydarov Nizamiddin Xamrayevich 1962-yilda tug‘ilgan. 1988-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining “Moliya va kredit” mutaxassisligini tamomlagan. 1993-yilda «Finansovoye obespecheniye investitsionnoy deyatelnosti predpriyatiya» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini Sankt-Peterburg Iqtisod va moliya universitetida himoya qilgan.
2003-yilda "Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida korxonalar investitsion faoliyatidagi moliya-soliq munosabatlarini takomillishtirish masalalari (xorijiy investitsiyali korxonalar misolida)" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2006-yilda professorlik ilmiy unvonini olgan.
U o‘zining pedagoglik faoliyatini 1994-1996-yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutining “Moliya” kafedrasida assistentlik lavozimidan boshlab, katta o‘qituvchi, dotsent lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2006-yildan boshlab Toshkent Moliya institutida professor, shuningdek, kafedra mudiri, fakultet dekani va ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor va rektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ilmiy-pedagogik faoliyati davrida 150 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan: 1 ta darslik, 9 ta o‘quv qo‘llanma (1 tasi chet elda), 5 ta uslubiy qo‘llanma, 3 ta risola, 130 dan ortiq maqola va tezislar chop etgan (shundan 6 tasi xorijda).Toshkent moliya instituti tasarrufida chop etiladigan “Moliya” jurnali va “Xalqaro moliya va hisob” elektron ilmiy jurnali bosh redaktori va redaktor o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Nizamiddin Xaydarov 2007-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Bank moliya akademiyasi huzurida tashkil etilgan ixtisoslashgan ilmiy kengash aʼzosi, 2016-2018-yillarda Toshkent moliya instituti huzuridagi ixtisoslashgan kengash raisi bo‘lib ishlagan.
Shu bugunga qadar, uning ilmiy rahbarligida 18 nafar fan nomzodi, Ph.D tayanch doktoranti va 2 nafar fan doktori muvaffaqiyatli himoya qilgan.
2018 yilning dekabridan hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida direktorning ilmiy ishlar , innovatsiyalar va xalqaro aloqalar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritmoqda.

