Habibullayev Ibrohim HabibullayevichTexnika fanlari doktori, professor. |
Profesor Ibrohim Habibullayevich Xabibullayev “Yer osti suvlari harakati” jarayonlarini matematik modellashtirish va “Iqtisodiyotda matematik statistik usullar” yo‘nalishidagi ilmiy maktab yaratgan olim hisoblanadi. Ushbu maktablarda professor I.H.Xabibullayev 1ta fan doktori, 4ta fan nomzodiga ilmiy rahbarlik qilib ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Professor I.H.Habibullayev tomonidan hozirgi kunda 130 dan ortiq umumiy hajmi 300 b.t.dan iborat ilmiy ishlar eʼlon qilinib, shundan 10 tasi darslik va o‘quv qo‘llanma, 2 tasi ilmiy monografiya hamda o‘quv uslubiy qo‘llanmalar bo‘lib, ular yer osti suvlarining harakatini matematik modellashtirishda, soliq va bojxona tizimlarida avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratish va o‘qitishda, moliya tizimida statistika fanidan talabalarga bilim berishda qo‘llanilmoqda.
Shu bilan birga professor I.H.Habibullayev tomonidan tabiiy va iqtisodiy jarayonlarni matematik modellashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashga bag‘ishlangan ilmiy ishlari halqaro va respublika nashyotlarida hamda ommoviy axborot vositalarida chop etilgan.